Yangiliklar

«Parij – 2024»: Oʻzbekiston medallar jamgʻarish boʻyicha Markaziy Osiyoda peshqadam – jadval

O‘zbekiston 18-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: MOQ

«Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha jadvalda o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

9-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:35 holatiga ko‘ra, AQSh turnir peshqadami, Xitoy ikkinchi o‘rinda, Avstraliya va Fransiya uchinchi hamda to‘rtinchi o‘rinlarni band qilib turibdi.

O‘rinDavlatOltinKumushBronzaJami
1AQSh303835103
2Xitoy29251973
3Avstraliya18141345
4Fransiya14192154
5Buyuk Britaniya13172151
6Janubiy Koreya138728
7Yaponiya1371333
8Italiya 116825
9Niderlandiya1011930
10Germaniya98522

Mamlakat sportchilari Ulug‘bek Rashitov (taekvondo), Hasanboy Do‘smatov (boks) O‘zbekistonning medallar jamlanmasiga ikkita oltin medalni qo‘shdi. Shu tariqa O‘zbekiston jadvalda Qozog‘istonni ortda qoldirib, Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga oldi.

O‘rinDavlatOltinKumushBronzaJami
18O‘zbekiston325
31Qozog‘iston1337
65Qirg‘iziston134
75Tojikiston33

Avvalroq «Kursiv» Hasanboy Do‘smatov Olimpiadadagi g‘alabasi haqida fikr bildirgani haqida xabar beran edi.