O‘zbekistonda Buyuk britaniyalik sayyohlar soni ortdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Turistlar, asosan, dam olish uchun kelishadi
Joriy yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga to‘qqiz mingdan ziyod Buyuk Britaniya aholisi turistik maqsadlarda kirib kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar beradi.
Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning ushbu davrida 6,7 ming nafarni tashkil etgan. 2024-yilda Britaniyalik sayyohlar soni 2023-yilga mos davriga nisbatan 2,3 ming nafarga, ya’ni 34,5 foziga ko‘proq.
Buyuk Britaniya fuqarolarining 7,4 ming nafari dam olish, 862 nafari qarindoshlarini ko‘rish, 679 nafari xizmat maqsadida, 32 nafari tijorat, 31 nafari o‘qish va ikki nafari davolanish uchun kelgan.
Avvalroq «Kursiv» davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet el fuqarolarining soni ortganligi haqida xabar bergan edi.