Rossiyada kriptovalyuta mayningi qonuniylashtiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kuzdan boshlab
Rasm: Unsplash

Noyabrdan boshlab Rossiyada kriptovalyutani mayning qonuniylashtiriladi. Tegishli qonunni mamlakat prezidenti Vladimir Putin imzoladi.

Hujjat Rossiya hukumatiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kriptovalyuta mayningi uchun talablarni belgilash huquqini beradi. Vazirlar Mahkamasi ushbu faoliyatni ayrim hududlarda taqiqlashi mumkin.

Rossiyada mayning faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va kompaniyalar reyestri yaratiladi. Unga fuqarolar kiritilmaydi.

Rossiyaliklarga mayning jarayonida valyutadan mamlakat ichidagi to‘lovlar uchun foydalanishga ruxsat beriladi.

Qonun bir qator cheklovlarni kiritadi. Shunday qilib, raqamli valyutalarni reklama qilish va sotish taqiqlanadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 20-apreldan respublika jinoiy va ma’muriy qonunchiligiga kripto-aktivlarni noqonuniy sotib olish yoki sotish, shuningdek, mayning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi o‘zgartirishlar kuchga kirgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek