O‘zbekiston va Yaponiya davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
eʼlon qilindi
Bosh vazir tashrifining ko‘chirilgan muddati tez orada kelishiladi
Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, davlat rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila roʻy bergani va sunami kutilayotganidan o‘z xavotirini bildirdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Yaponiya tomonining «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. Qolaversa, prezident Yaponiya bosh vazirining shu yil 10-11-avgustidagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi muddatlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorini ma’qulladi va yangi muddatni kelishishga ahd qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Fumio Kisida O‘zbekistonga safarini bekor qilgani haqida batafsil «Kursiv»da o‘qishingiz mumkin.