Ulug‘bek Rashitov O‘zbekiston tarixidagi ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lgan ilk taekvondochi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U iordaniyalik Zaid Karimni mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov «Parij – 2024» Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zR Milliy olimpiya qo‘mitasi.
-68 kg vazn toifasidagi final bahsida Rashitov iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu Rashitov uchun ikkinchi Olimpiada oltinidir. U birinchi oliy mukofotini «Tokio – 2020» yozgi Olimpiya o‘yinlarida olgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Rashitov Parij Olimpiadasi finaliga chiqqani haqida e’lon qilgan edi.