Hasanboy Do‘smatov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov 9-avgust, jumaga o‘tar kechasi fransiyalik Bilal Bennama ustidan g‘alaba qozonib, Olimpiada chempioni bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
Do‘smatov ushbu Olimpiya o‘yinlarida -51 kg vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.
Shu tariqa sportchi O‘zbekiston tarixida ilk bor ikki karra Olimpiya oltin medali sohibiga aylandi. Bokschi ilk sovrinini «Rio – 2016» bo‘lib o‘tgan Olimpiadada qo‘lga kiritgan edi.
Medallar reytingida O‘zbekiston jamoasi juma kuni ertalab beshta medal (uchta oltin va ikkita bronza) bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov «Parij – 2024» oltin medali haqida e’lon qilgan edi.