10-avgust kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq havo kuzatiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin
                    
                            
Bugun, 10-avgust kuni O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 38-daraja ko‘tariladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 37-darajagacha isiydi, kechasi esa 26-daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 28-darajagacha ko‘tariladi, kechga kelib 20 darajagacha pasayadi.
