Akbar Joʻrayev Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi boʻldi
eʼlon qilindi
Umumiy hisobda 404 kg ko‘tardi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Joʻrayev Olimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
-102 kg vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchi dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Akbar Joʻrayev «Tokio – 2020» Olimpiadasi oltin medali sohibi hisoblanadi.
Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib beshta oltin. Bitta kumush va uchta bronzani tashkil qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Lazizbek Mullojonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga beshinchi oltin medalni taqdim qilgani haqida xabar bergan edi.