Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi
eʼlon qilindi
U final jangida meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratdi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
U final jangida meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Avvalroq «Kursiv» Xasanboy Doʻsmatov Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.