Fransuzlar Oʻzbekistonni koʻproq tanlamoqda: sayyohlar oqimi deyarli uch baravar ortdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: diy@ya.ru / depositphotos.com

2024-yilning yanvar–iyun oylarida 10,7 ming nafar Fransiya fuqarosi turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 ming nafarga yoki 31,9 foizga oshgan.

Tashrif buyurganlarning asosiy qismi — dam olish (deyarli 9,5 ming). Shuningdek, xizmat yuzasidan (0,6 ming), qarindoshlarni yoʻqlash (0,55 ming), tijorat (42 kishi) va ta’lim maqsadida (28 kishi) kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga mazkur davrda Buyuk Britaniyadan 9 mingdan ziyod sayyohlar kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlatdan koʻproq odam tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek