«Parij – 2024»: Lazizbek Mullojonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga beshinchi oltin medalni taqdim qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar beshta oltin va uchta bronzani tashkil qilmoqda
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Lazizbek Mullojonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga beshinchi oltin medalni taqdim qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

-92 kg vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchi chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medalini qoʻlga kiritdi. Unga erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev mualliflik qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdullayev bronza medali uchun bahsda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz oʻgʻlidan ustun keldi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Ushbu gʻalabalardan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib beshta oltin va uchta bronzani tashkil qilmoqda. Bu O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek