Rasman BYD E2 Oʻzbekistonda sotuvga chiqarildi

eʼlon qilindi
Avtomobil narxiga esa 236,6 soʻm etib belgilandi
Foto: BYD

Oʻzbekistonda rasman BYD E2 Luxe sotuvga chiqarildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 9-avgust kuni BYD Oʻzbekiston bozori uchun yangi krossoverning taqdimotini oʻtkazdi. Ushbu versiya 405 km masofaga va 43,2 kVt / soat batareyaga ega.

Foto: BYD

Shuningdek, maksimal tezlik — 130 km/soat va 100 km/soat tezlashuv — 10,3 soniyani tashkil qiladi. Avtomobil narxiga esa 236,6 mln soʻm etib belgilandi.

Avvalroq «Kursiv» BYD Oʻzbekiston uchun navbatdagi krossoverini taqdim qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek