Razambek Jamalov Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi
Foto: MOQ

Oʻzbekiston delegatsiyasi vakili Razambek Jamalov Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan vakilimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.

Avvalroq «Kursiv» Akbar Joʻrayev Olimpiada oʻyinlari kumush medali sohibi boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek