TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Parvozlar haftasiga toʻrt marta amalga oshiriladi
Foto: Uzbekistan aeroports

Qirgʻizistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda Uzbekistan aeroports axborot xizmati xabar berdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, dastlabki parvoz 2024-yil 3-sentabrga belgilangan. Bishkek — Toshkent — Bishkek yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovlari haftasiga toʻrt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Qirgʻiziston aviakompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan boʻlib, «Manas» aeroportida (Bishkek) joylashgan.

Avvalroq «Kursiv» Air Samarkand Jiddaga birinchi parvozini amalga oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek