Yangiliklar

YouTubeʼning sobiq bosh direktori Syuzan Vodjitski vafot etdi

Syuzan Vodjitski so‘nggi ikki yil davomida o‘pka raki bilan kurashib kelgan
Foto: Reuters

YouTube platformasining sobiq bosh direktori Syuzan Vodjitski 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda Google bosh ijrochi direktori Sundar Pichai X tarmogʻidagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga koʻra, Syuzan Vodjitski soʻnggi ikki yil davomida oʻpka raki bilan kurashib kelgan.

«U Google tarixi uchun hamma kabi muhim va usiz dunyoni tasavvur qilish qiyin. U dunyoga katta ta‘sir koʻrsatgan aql bovar qilmaydigan odam, yetakchi va doʻst edi. Biz uni juda sogʻinamiz», deb yozdi Pichai.

Ma’lumot uchun, Syuzan Vodjitski YouTubeʼni 2014-yildan 2023-yilgacha boshqargan. Aynan uning davrida YouTube dunyoni zabt etdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etgani haqida xabar bergan edi.