Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Halokov Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekistonlik sportchi finalda Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Razambek Jamalov Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.