1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi

eʼlon qilindi
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi – 10 foizga oshiriladi
Foto: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

O‘zbekiston prezidenti «Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilandi.

Shuningdek, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shu bilan birga, maktabgacha, umumta’lim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, «Muruvvat» internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriylarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi — 10 foizga oshiriladi. Bunda:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilanadi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 17 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek