Yangiliklar

5 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga o‘qishga borgan

2024-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha
Rasm: Unsplash

2024-yilning yanvar–iyun oylarida 4,9 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga malaka oshirish va amaliyot o‘tash uchun kelgan. Bu dunyo mamlakatlari orasida beshinchi yirik natija bo‘ldi, deb xabar berdi Yonhap.

Ko‘pincha Xitoy fuqarolari Janubiy Koreyaga – 112,7 ming kishi, Vyetnam – 33,1 ming, Yaponiya – 6,8 ming va Mo‘g‘uliston – 6,7 ming kishi tashrif buyurgan.

Umuman olganda, 2024-yilning birinchi yarmida 204 mingdan ortiq xorijliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun kelgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 50,5 foizga ko‘pdir.

Yonhap xabariga ko‘ra, xorijliklarning Janubiy Koreyaga qiziqishi ortishiga mahalliy madaniyat, aniqrog‘i, musiqa va seriallar tarqalishi sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, Seul koreys tilini biladigan xorijliklarni ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu tashabbus kichik va o‘rta biznesda ishchilar yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» janubiy koreyalik talabalarga O‘zbekshunoslik fanidan dars berilishi haqida e’lon qilgan edi.