Yangiliklar

Oʻzbekistonda shamol va chang to‘zoni yuzaga kelishi kutilmoqda

Sinoptiklar ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

12-avgust, dushanba kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi (Bofort shkalasi bo‘yicha 12 balldan 6-8 ball bo‘ladi) va chang to‘zoni yuzaga kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Respublikada oʻrtacha kunlik havo harorati +33…+38° boʻladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkentda sinoptiklar +36…+38°, tog‘li hududlarda +22…+27° bo‘lishini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda jazirama issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklangani haqida yozgan edi.