O‘zbekiston Rossiyadan Supercam seriyali dronlarni sotib olmoqda
O‘zbekiston Rossiyaning «Bespilotniye sistemy» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Supercam seriyali dronlardan foydalanadigan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda «TASS» agentligi xabar berdi.
Supercam dronlar neft va gaz sanoati, qishloq xo‘jaligi, hudud xaritalarini tuzish va xavfsizlikni ta‘minlash sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Dronlar seriyasi, katta havo kemalari va kichik kvadrokopterlarni o‘z ichiga oladi. Dron turini hisobga olgan holda uchish masofasi 10 km.dan 460 km.gacha bo‘ladi.
«Bespilotniye sistemy» kompaniyasi 2010-yilda tashkil etilgan. Tashkilot dronlar, ularga mo‘ljallangan ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistondan tashqari, Belarus va Qozog‘iston, shuningdek, xorijiy mamlakatlar ham Supercam dronlarini sotib olmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurashda dronlardan foydalanishini yozgan edi.