Yangiliklar

Oʻzbekistonga germaniyalik sayyohlarning tashrifi oshdi

Germaniya fuqarolari, asosan, dam olish uchun kelgan
Foto: glazunofoto

Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 15,6 mingdan ziyod Germaniya aholisi turistik maqsadlarda kelgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar beradi.

Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning ushbu davrida 11,7 ming nafarni tashkil etgan. 2024-yilda germaniyalik sayyohlar soni esa 2023-yilning mos davriga nisbatan 3,9 ming nafarga, ya’ni 33,1 foizga ko‘proq. 

Tashrif buyurgan Germaniya fuqarolarining 12 985 nafari dam olish, 1 756 nafari qarindoshlarini ko‘rish, 759 nafari xizmat yuzasidan, 39 nafari tijorat, 19  nafari o‘qish va 6 nafari davolanish uchun kelgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Buyuk britaniyalik sayyohlar soni ortgani haqida xabar bergan edi.