Yangiliklar

O‘zbekistonda Imom Termiziy nomidagi Islom instituti ochildi

Talabalarni qabul qilish 14-avgustdan boshlanadi
Foto: Piqsels

Oʻzbekiston Adliya vazirligi Imom Termiziy nomidagi Islom institutiga litsenziya berdi, deb xabar qildi mamlakat musulmonlari idorasi.

Universitet Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan. Mazkur institutga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish 14–20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar uchta fandan – arab tili, Hadis va mustalahul hadis va O‘zbekiston tarixidan imtihon topshiradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda bolalarni noto‘g‘ri diniy tarbiyalash uchun jazo joriy etilgani haqida yozgan edi.