
2024-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 mln tonnadan ortiq meva yetishtirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,1 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.
Yetishtirilgan mevaning asosiy qismi – 23 foizi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keldi. Farg‘ona viloyatining ulushi 20,6 foiz, Buxoro viloyatining ulushi 12,6 foiz.
2024-yilning birinchi yarmida respublikadan $617,2 millionlik sabzavot va mevalar eksport qilindi, import hajmi $237,9 millionni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston korxonalari 3,4 million tonna sabzavot yetishtirganini e’lon qilgan edi. Surxondaryo viloyati yetakchilik qildi.