Protsessorlar bozori deyarli 11 foizga o‘sdi
Jon Peddie Research kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning ikkinchi choragida iste’molchi protsessorlarining jahon bozori 5 foizga kamaydi, biroq o’tgan yilga nisbatan 10,7 foizga o’sdi, PC-news portali xabar beradi.
2023-yilning shu davriga nisbatan server protsessorlarini yetkazib berish 15 foizga kamaydi.
Shu bilan birga, joriy yilning birinchi choragi bilan solishtirganda bu ko‘rsatkich aksincha 3,8 foizga oshgan. Mutaxassislar buni kutishmagan edi, chunki bu qurilmalarning sotuvi bozor drayveri.
Hisobotda statsionar kompyuter (SK) va noutbuklar bozoridagi vaziyat ham o‘rganilgan. Chorak yakunida ikkinchisining ulushi 4 foizga oshib, 76 foizga yetdi. Statsionar kompyuterlar ulushi tabiiy ravishda kamaydi – 24 foizgacha.
Avvalroq «Kursiv» Nvidia dunyodagi eng kuchli chipni namoyish qilganini e’lon qilgan edi.