«Qovun sayli» natijasi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Sayl ishtirokchilari qo‘shimcha to‘rtta nominatsiya bo‘yicha ham taqdirlandi
Foto: Uzbektourism.uz

Xorazmga agroturizm yo‘nalishini yanada rivojlantirish maqsadida «Qovun sayli» festivali g‘oliblari ma’lum qilindi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, festival Turizm qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda ko‘hna Xiva shahrida bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyati Yangibozor tumani «Gran-pri» sohibi bo‘ldi va Tracker avtomobilini qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin va Onix avtomobili Urganch shahriga taqdim etildi. Xiva tumani ikkinchi o‘rin bilan birga Damas’ni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘ringa esa Urganch tumani, Xiva shahri va Qo‘shko‘pir tumanlari (har biriga – «Mototsikl») munosib deb topildi.

Shuningdek, festival doirasida bir qator nominatsiya g‘oliblari ham taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, 30 mingdan ortiq xorijlik va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.

Avvalroq «Kursiv» qaysi qovun va tarvuzlar sog‘liq uchun zararli ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek