Yangiliklar

Toshkent – Urganch reysini ro‘yxatdan o‘tkazish joyi ko‘chirildi

O‘zbekiston olimpiya delegasiyasini kutib olish marosimi ichki terminalda bo‘lib o‘tadi
Rasm: UzAirways

12-avgust kuni Toshkent – ​​Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY057 reysini ro‘yxatdan o‘tkazish Toshkent aeroportining xalqaro terminalida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Bunga sabab, O‘zbekiston olimpiya delegasiyasini Toshkent aeroportining uchinchi terminalida kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» Zomin aeroporti birinchi xalqaro reysni amalga oshirganini e’lon qilgan edi.