Turkiyada Telegram messenjeri bloklanishi mumkin

eʼlon qilindi
U yerda ochilgan kanallar orqali giyohvand moddalar sotilmoqda
Foto: NewAfrika / depositphotos.com

Turkiyada Telegram messenjeri bloklanishi mumkin. Bu haqda Türkiye axborot agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Telegram jinoyat botqogʻiga aylanib bormoqda. U yerda ochilgan kanallar orqali giyohvand moddalar sotilmoqda, fohishalik, qimor oʻyinlari amalga oshirilmoqda.

Mamlakat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari boshqarmasi Telegramʼning Angliyadagi shtab-kvartirasiga ushbu xabar almashish kanallarini yopish uchun mingdan ortiq xabarnoma yuborgan, lekin ularning hech biriga javob olmagan.

Agarda tez orada ushbu kanallarga nisbatan ehtiyot choralarini koʻrmasa, Turkiyada Telegram ham yopilishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Turkiyada Instagram bloklangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek