UzAuto Motors Onix va Tracker avtomobillari “qabristoni” haqidagi videoga izoh berdi
eʼlon qilindi
Video avtomobillarni yuklash jarayonida haydovchi tomonidan suratga olingan
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning sotuvda mavjud boʻlganligi muallif tomonidan Onix va Tracker avtomobillari «qabristoni» deb iddao qilingan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan UzAuto Motors rasmiy izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, UzAuto Motors mazkur video Andijon viloyatidagi dilerlik markazlaridan birining hududida avtomobillarni yuklash jarayonida haydovchi tomonidan suratga olingan.
Eslatib oʻtamiz, UzAuto Motors Onix va Tracker uchun chegirma va foizsiz muddatli toʻlovlar eʼlon qilgan. Chegirmalar muddati 15-sentabrgacha davom etadi.
Avvalroq «Kursiv» Chevrolet avtomobillarining birinchi partiyasi Oʻzbekistondan Moʻgʻulistonga joʻnatilgani haqida xabar bergan edi.