Yangiliklar

Buroxo viloyatiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi

Mablag‘larning bir qismi tadbirkorlikni rivojlantirishga, ikkinchisi esa infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladi
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga infratuzilma, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun $100 million ajratilishini ma’lum qildi. 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ushbu mavzu muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, ikki oy oldin Buxoroga tashrif davomida barcha muammolar yechimi ko‘rsatilib 1,4 trln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.

Bugungi prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik faoliyati uchun qo‘shimcha $60 mln hamda infratuzilma uchun $40 mln ajratilishi belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Videoselektorda Buxorodagi asosiy masala sifatida xizmatni rivojlantirish ekanligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, muhandislikda hamda farmatsevtikada 23%, elektrotexnikada esa 30% o‘sishni ta’minlaydi.

Buxoro viloyatida umumiy hisobda 584 ta mehmon uylari, 122 ta umumiy ovqatlanish joylari, 18,5 mingta savdo, 30 ta salomatlik hamda fitnes markazlari mavjud. Har ming kishiga oshxona hamda restoranlar soni Smarqanddan 10 karra kamligi qo‘shimcha qilindi.  

Shofirkon aholisi ko‘payganiga qaramay, xizmat ko‘rsatish sohasi eng orqada qolmoqda. Vobkent, Romitan va Jondor tumanlari rivojlanishda namunali ko‘rinishga ega.