XXXIII yozgi Olimpiada ishtirokchilari O‘zbekistonga qaytmoqda

«Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi a’zolari bugun soat 19:00 da Toshkentga yetib keladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, chempionlar Toshkent aeroportida (Terminal-3) tantanali kutib olinadi.
Tantanali kutib olishdan soʻng sportchilar joy olgan avtobus kortejlari shahar boʻylab harakatlanadi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan fuqarolar belgilangan doirada turgan holda chempionlarni g‘alaba bilan qutlashlari mumkinligini ta’kidlaydi.
«Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda chempionlarni gʻalabalar bilan qutlashlari mumkin», deya qo‘shimcha qiladi qo‘mita matbuot xizmati.
Avvalroq «Kursiv» «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi haqida xabar bergan edi.