Yangiliklar

1-sentabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshiriladi

BHM’ning o'sishi tufayli
Rasm: Unsplash

Sentabr oyi boshidan O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so‘mdan 375 ming so‘mga oshirilmoqda, bu esa yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshishiga olib keladi.

Xavfsizlik kamarini va mototsikl shlemini taqmaganlik uchun jarima 187,5 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki texnik ko‘rikdan o‘tmasdan avtomashinani boshqarganlik uchun jarima 187,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Agar avtomobil raqamlari bo‘lmasa, jarima 1,87 mln so‘mni tashkil qiladi.

Texnik reglamentga to‘g‘ri kelmaydigan avtomobil oynalarini «tonirovka» qilgan holda boshqarganlik uchun endilikda 9,3 mln so‘mdan ortiq to‘lash kerak bo‘ladi.

Tezlikni 20 km/soatdan oshirib yuborsa – 1,87 mln so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning kuz oyining boshidan O‘zRda ish haqi va pensiyalar 15 foizga oshishini e’lon qilgan edi.