Yangiliklar

13-avgust kuni O‘zbekistonda issiq havo kuzatiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida chang-to‘zon ko‘tariladi
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 13-avgust kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Havo harorati 40 darajagacha isishi mumkin. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 38 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 24 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 30 darajagacha isishi mumkin. Kechga kelib havo 14-19 daraja iliq bo‘ladi.