Bolgariyada 436 kg geroin musodara qilindi

eʼlon qilindi
Giyohvandlik vositalarini tashish qiymati 35 mln yevroga baholandi

Bolgariya hukumati Qora dengizning Burgas portida 436 kilogrammga yaqin geroinni musodara qildi. Bu haqda «Associated Press» xabar beradi.

Giyohvandlik vositalarini tashish qiymati 35 mln yevroga baholanib, 434 ta o‘ramda saqlangani aytiladi xabarda.

Ushbu narkotik moddalarni tashigan treyler (transport) iyul oyi oxirida Qirg‘izistondan Gruziyaning Qora dengizdagi Batumi portiga quruqlikdagi yo‘ldan yetib kelgan. Keyin u yerda kemalarga yuklangan va Bolgariyaning Burgas portiga jo‘natilgan.

Ivan Sokolov (giyohvandlik vositalariga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i)ning ta’kidlashicha, treyler kabel olib ketishi rejalashtirilgan, biroq ushbu treyler portda uzoq muddat qolib ketgani shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng treyler rentgendan o‘tkazilgan vaqti giyohvandlik vositalari aniqlangan.

«Hozircha hech qanday hibsga olinganlar va ushbu transchegaraviy jinoyatga aloqador shaxslar topilmadi», deydi tuman prokurori Georgiy Chinev.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida 1 mlrd soʻmlik sintetik giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek