Har bir tazyiq va zo‘ravonlik qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rasmiy ro‘yxatga olinadi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva xabar berdi.
Unga ko‘ra, jarayon yagona milliy ijtimoiy-himoya axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Ushbu axborot tizimi «Inson» ijtimoiy xizmat markazlarida ham mahalla fuqarolar yig‘inida ham bo‘ladi.
«Asosiy maqsad sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatchiliklarni oldini olish», deyiladi xabarda.
Zo‘ravonning nechchi marta va qanday shaklda tazyiq amalga oshirgani ro‘yxatga qo‘shib boriladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ inspektorlari, «Inson» ijtimoiy xizmat markazi xodimlari va mahalla faollari bunday shaxslar bilan alohida suhbatlar olib boradi.
Avvalroq zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun ishonch raqami yo‘lga qo‘yilgan edi.