Ford elektr velosipedlar ishlab chiqaradi
Foto: Foxbuniness.com
Ford Motor Company elektr velosipedlarining yangi avlodini namoyish etdi. Bu haqda Fox Business nashri xabar qildi.
Unga ko‘ra, elektron velosipedlar Mustang avtomobillari va o‘ziga xos uslub va quvvatga ega Bronco SUVlaridan ilhomlangan holda yaratilgan.
Mustang e-velosipedi $4 mingdan, Bronkodan ilhomlantirilgan versiyasi esa $4,5 ming dollardan boshlanadi, deyiladi xabarda.
Ikkala velosiped ham 3,5 soat quvvatlanish bilan 60 milya masofani bosib o‘tadi.
Fordning ta’kidlashicha, zaryadlash vaqtlari batareyaning yoshi, texnik xizmat ko‘rsatish va haydash harakati kabi tashqi omillarga qarab farq qiladi.
Velosipedchilar qo‘shimcha $390 evaziga Mustang versiyasining standart kulrangdan tashqari 10 ta rangidan birini tanlashlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Seal 2025 yangi mahsulotning ichki hamda tashqi ko‘rinishi haqida yozgan edik.