Gaz yetkazib berishda xususiy sektorga yo‘l ochiladimi

eʼlon qilindi
2024-yilgi davlat dasturida gaz bozorida raqobatni kuchaytirish va xususiy sektorni jalb qilish rejalashtirilgan
Foto: «Hududgazta’minot» AJ

Prezident suyultirilgan gaz yetkazib berishda xususiy sektorni jalb qilish haqida takliflar kiritishni topshirdi. Hozirda aholi 47% suyultirilgan gazdan foydalanadi.

O‘zbekistonda suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida aholiga yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu masalani 12-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘rganish hamda takliflar kiritishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida davlat rahbariga O‘zbekistonning energetik xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar taqdim etilgan edi. Taqdimotda, 1-oktabrga qadar kamida beshta tumanda aholiga suyultirilgan gaz (propan) yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorga o‘tkazish taklifi berilgan.

2024-yilgi davlat dasturida gaz bozorida raqobatni kuchaytirish va xususiy sektorni jalb qilish rejalashtirilgan.

24-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 4,26 million oila va 81 mingdan ortiq korxona tabiiy gaz bilan ta’minlanmoqda. Suyultirilgan gaz esa 3,73 million iste’molchiga (aholi sonining 46,7%) va 2917 ta ulgurji iste’molchiga yetkazib berilmoqda.

1-maydan boshlab aholi uchun suyultirilgan gazning narxi 1 kg uchun 1120 so’mdan 1600 so’mga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan esa suyultirilgan gazning narxi yana 1 kg uchun 2000 so’mga yetkaziladi.

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi taqdim etgan ma’lumotlar ko‘ra, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra 6,02 mln so‘m, 9-avgustda esa 7,85 mln so‘mga yetgan.

Avvalroq «Kursiv» raqobat qo‘mitasi propan gaz narxi bo‘yicha e’tirozlardan so‘ng o‘rganish ishlarini boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek