Germaniyaning Frayburg shahrida xalqaro o‘zbek oshxonasi va madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Dunyo».
Tadbirni asli o‘zbekistonliklar Yevgeniy va Yuliya Shats, O‘zbekiston elchixonasi va «Vatandosh» jamg‘armasi tashkil etdi.
Festivalda O‘zbekiston va Yevropa davlatlaridan 200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar uchun somsa, palov, mastava kabi o‘zbek milliy taomlari tayyorlandi.
Marosimda O‘zbekiston hayoti va madaniyatiga bag‘ishlangan suratlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Avvalroq «Kursiv» shu yilning iyun oyida Londonda O‘zR madaniyati va milliy taomlariga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tganini e’lon qilgan edi.