Marsda suv havzasi topildi
NASAning Mars Insight Lander kosmik apparati Marsning qoyali qobig‘ida suyuq suv omborini topdi, deb xabar berdi BBC.
Olimlarga qizil sayyorada suv borligi anchadan buyon ma’lum. Avvalroq atmosferada muz va bug‘ borligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, hozirgisi suyuq suvning birinchi marta kashf etilishidir.
Mars Insight Lander’dagi seysmometr Marsda 2018-yildan beri Marsda 1,3 mingdan ortiq zilzilani qayd etgan. Bundan tashqari, qurilma yordamida 10-20 km masofadagi chuqurlikda joylashgan suv havzasi topildi.
«Marsdagi suv aylanishini tushunish sayyoramiz iqlimi evolyutsiyasini tushunish uchun juda muhimdir»—San-Diyegoda joylashgan Kaliforniya universiteti qoshidagi Okeanografiya instituti xodimi doktor Vashan Rayt.
Qadimda Marsda daryolar va ko’llar bo’lgan, deb aytiladi. Ammo sayyora atmosferasining yo’qolishi tufayli ular cho’lga aylangan.
Avvalroq «Kursiv» NASA oltinga boy Psixeya asteroidini tadqiq qilayotgani haqida xabar bergan edi.