O‘zbekiston olimpiya delegasiyasini toshkentliklar qanday kutib olishdi

Toshkentda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Olimpiyada O‘zbekiston uchun tarixidagi eng muvaffaqiyatli turnir bo‘ldi – mamlakat sportchilari sakkizta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritib, 206 davlat orasida 13-o‘rinni egalladi.
Sportchilar bo‘lgan samolyot biroz kechikish bilan Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi va taxminan soat 21:20 da qo‘ndi.


Kech bo‘lishiga qaramay yuzlab aholi Olimpiyada qahramonlarini kutib olish uchun aeroportga yig‘ildi. Odamlar plakat, bayroq va gullar ko‘targan holda, olqish va jo‘shqin hayqiriqlar bilan sportchilarni kutib oldilar.








Aeroportdagi tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Olimpiya delegatsiyasi ishtirokidagi kortej militsiya mashinalari va mototsikllar hamrohligida shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tdi. Chempionlarga Tahoe avtomashinalari kalitlari topshirildi va ikki qavatli kottejlar berildi. Bundan tashqari, har bir oltin medal olgan sportchilarga $200 ming miqdorida pul mukofoti topshirildi. Kumush medal sohiblari ham munosib taqdirlandi – ularning har biriga BYD Song Plus avtomobillari va $100 ming sovg‘a qilindi. Bronza medali sohiblariga ham xuddi shunday avtomobillar va $50 ming miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi.