O‘zbekistonning yeryong‘oq eksporti 50 foizga oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ushbu export mamlakatga $6 mln daromad keltirdi
Foto: Pexels.com

2024-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistondan yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,7 foizga oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston chet davlatlarga $6 mln 4,4 ming tonna yeryong‘oq sotdi.

Oʻzbekiston yeryongʻoqlarining asosiy xaridorlari Ozarbayjon (0,9 ming tonna), Qozogʻiston (0,6 ming tonna) va Rossiya (0,6 ming tonna) boʻldi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 31 mlrd dollardan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek