O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari hajmi oshdi
eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda sugʻurta bozori hajmi 4,2 trln soʻmga yetdi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 18,5 foizga oshdi, deya qayd etdi agentlik.
Sug‘urta bozorining eng katta hajmi poytaxtda – 3,02 trln so‘m, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida – 129 mlrd va 117,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda o‘zbekistonlik sug‘urtachilarning umumiy ustav kapitali 2,3 trln so‘mdan oshdi. Korxonalar investitsiyalari 29,4 foizga oshib, 6,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning 1-avgustidan sug‘urta polislarini uydan chiqmasdan rasmiylashtirish mumkinligini e’lon qilgan edi.