Telekanallar orqali reklamalarni joylashtirishda qonunchilik talablari buzilmoqda – Raqobat qoʻmitasi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shuning uchun telekanallarga koʻrsatma yuborildi
Счастливая молодая семья веселится и работает над ноутбуком дома — стоковое фото
Foto: .shock / depositphotos.com

Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligi yuzasidan telekanallarga koʻrsatma yubordi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soʻnggi vaqtlarda telekanallar orqali reklamalarni joylashtirishda qonunchilik talablari buzilishi holatlari kuzatilmoqda. Shu sababdan qoʻmita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) koʻrsatma xati yuborildi.

Koʻrsatmada xatida telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta koʻrib chiqishi soʻralgan.

Ushbu koʻrsatma xati talabalaridan kelib chiqib, qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari oʻtkazadi. Agar oʻrganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yoʻl qoʻygan subyektlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan, moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini ma’lum qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Raqobat qoʻmitasi Orient Finans bankni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek