Toshkent-Markaziy vokzali tez kunda ish boshlaydi
Joriy yilning 16-avgust sanasidan boshlab Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlar oldingi kabi Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettiriladi. Endi «Afrosiyob», «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» va «Toshkent — Volgograd — Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdlar Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Ayni paytda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar esa 16-avgustdan Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlana boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.