Zomindagi osma dor vaqtincha yopildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
18-avgustgacha

«Zomin» turistik-rekreatsion zonasida joylashgan osma dor vaqtincha yopildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, zonada profilaktika ishlari olib borilayotgani sabab osma dor yoʻli 18-avgustgacha yopilgan. Osma dor 18-avgustdan so‘ng yana o‘z faoliyatini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zomin aeroporti xalqaro reysni amalga oshirayotgani haqida yozgan edik.