Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun ishonch raqami yo‘lga qo‘yildi
Hukumat qarori bilan «Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, avval tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar ichki ishlar organlari navbatchilik qismining 102 telefon raqamiga (yoki bevosita profilaktika inspektoriga) yoki 112 yagona dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishi mumkin edi. Endi esa ular 1146 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, zo‘ravonlik haqida xabar berishlari mumkin.
Shuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlari ham shu kabi murojaatlarni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi yillarda qancha ayol zo‘ravonlikka uchragani haqida yozgan edik.