14-avgust kuni respublikaning ba’zi hududlarida havo 43-darajagacha isiydi

eʼlon qilindi
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga keladi
Rasm: leolintang/Depositphotos

Bugun, 14-avgust kuni O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 43-darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga keladi. Havo harorati o‘rtacha 35-40-daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 39-daraja isishi mumkin, kechasiga 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham havo bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 30-darajagacha ko‘tarilishi mumkin, kechga kelib 14-19-daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek