Yangiliklar

2025-yilga qadar faktoring xizmatlari bozoriga doir nimalar o‘zgaradi

Prezident farmoni 2024-yil 12-avgust kuni qabul qilindi
Foto: rummess / depositphotos.com

Faktoring xizmatlari bozorini jadallik bilan rivojlantirishga doir prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, faktoring tashkilotlari pul talabnomalaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatda faktoring tashkilotlari Markaziy bankda ro‘yxatga olinib, nobank kredit tashkiloti sifatida faoliyat yuritilishi belgilab qo‘yilgan.

2025-yil 1-yanvardan boshlab norezident kontragent bilan xorijiy valyutada faktoring operatsiyalari, kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotish (refaktoring) ga ruxsat etiladi.

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, shuningdek, pul talabnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi xabarnomalar garov reyestrida ro‘yxatga olinadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda toʻqimachilik bilan shugʻullanayotganlarga $12 million kredit ajratilishi haqida xabar bergan edi.