Yangiliklar

Prezident bir guruh tadbirkorlarni medal, orden va ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni medal, orden va ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 100 dan ortiq tadbirkorlar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, ikki nafar soha vakili «Mehnat shuhrati» ordeni bilan, 15 nafari «Do‘stlik» ordeni bilan, ikki nafari «Kelajak bunyodkori» medali bilan va 18 nafari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotlagani haqida xabar bergan edi.