2024-yilning dastlabki yarim yilligida 2,7 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari chet mamlakatga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda statistika agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki olti oyligida turistik maqsadlar bilan chet mamlakatlarga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolarining yosh bo‘yicha taqsimotida 56 yosh va undan yuqorilar 532,8 ming nafar bilan birinchi o‘rindan joy oldi.
Ikkinchi o‘rinda 459,7 ming nafar bilan 19–30 yoshdagi fuqarolar egalladi. Keyingi o‘rinlarda 442 ming nafar bilan 0–18 yoshdagilar hamda 1 296 ming nafar bilan esa 31–55 yosh oralig‘idagi fuqarolar chet mamlakatlarga turistik maqsadlarda tashrif buyurmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlatdan ko‘proq odamlar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.