Yangiliklar

Maosh 25 mln soʻmdan boshlanadi: oʻzbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

Kamida nemis tilini "B1" darajada bilish talab etiladi
Foto: sborisov / depositphotos.com

Oʻzbekistonlik elektrik va payvandchilar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oylik maosh 25 mln soʻmdan boshlanadi. Ish vaqti haftasiga besh kun sakkiz soatdan etib belgilangan.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

18−40 yosh oraligʻida;

kollej, texnikum yoki OTM diplomi;

kamida 1 yillik ish stajiga ega boʻlish;

nemis tilini «B1» darajada bilish.

Nomzodlar quyidagi havolalar orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin boʻladi:

elektrik;

payvandchi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Yevropaga ishga yuborishini va’da qilgan MChJ rahbari qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.